Талабалар учун ижара шартнома ҳақида

14:54 / 09-avgust | Yulduz Eshmamatova | 15

Ассалому алайкум! Мен талабаман, Тошкентда ижарада тураман. Биз 7нафар қиз квартирада турмоқчи бо‘лдик. Лекин уй эгаси фақат 4кишига ижара шартнома қилиб берилишини айтишди. Шунда мен Тошкентдаги қариндошларимга шартнома қилдириб, лекин о‘зим квартирада қизлар билан туриб, шартнома пули олишим жоизми?

Ҳуқуқшунос:

– Assalom alaykum. Huquqiy jihatdan bunga to‘sqinlik qiluvchi norma yo‘q. Birinchi navbatda, uy egasi — mulkdor sifatida o‘z mulkidan foydalanish huquqiga ega. Sanitariya qoidalariga ko‘ra, xonadonlarda yashash uchun ma’lum minimal maydon talab qilinadi, biroq uyda qancha ijarachi bo‘lishi — mulkdor va ijarachilar o‘rtasidagi kelishuvga bog‘liq.

Agar qarindoshlaringiz o‘sha uy egasi bo‘lsa, ular ijarani yozma shartnoma asosida rasmiylashtirishlari lozim. Bunday shartnomani soliq organlarining maxsus platformasida (https://ijara.soliq.uz/login
) ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin. Shundan so‘ng ular qonuniy asosda uyni ijaraga qo‘yish huquqiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, uy egasi xohlasa, ijara haqini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Sizga berishi ham mumkin. Bu esa ularning erkin tanlovi hisoblanadi.